O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Yaponiyaning Nagoya universiteti tarkibidagi Tabiiy ofatlarni kamaytirish markazi, Faqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublikasi markazi va Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi “O‘zbekiston-Yapon yoshlar innovatsiya markazi” yetakchilari, soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda ushbu tashkilotlar o‘rtasida Yaponiya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda zilzila ofatlari xavfini kamaytirish tizimini rivojlantirish hamda mazkur sohada ilmiy hamkorlikni ta’minlash maqsadida memorandum imzolandi.
Mehmonlar Seysmologiya institutiga tashrifi doirasida Nagoya universiteti tarkibidagi Tabiy ofatlarni kamaytirish markaz direktori prof. Takeshi Sagiya O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar bilan tanishdi va Yaponiyada tabiy ofatlarni kamaytirish bo‘yicha qilinayotgan tadqiqotlar xaqida fikr bildirdi.
Imzolangan memorandum doirasida “O‘zbekiston hududida zilzila talafotlarini baholash va kamaytirish” mavzusida qo‘shma loyiha tayyorlash va uni Yaponiyaning “SATREPS” loyihalar dasturiga taqdim qilish belgilandi.