Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh astronom talabalarning ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazildi


Joriy yilning 11-14-aprel kunlari OʼzR FА Аstronomiya instituti tomonidan respublika oliy oʼquv yurtlari astronomiya yoʼnalishi talabalari va yosh olimlari uchun “Mirzo Ulugʼbek ilmiy merosining zamonaviy astronomiya va taʼlimi ravnaqidagi roli”ga bagʼishlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Аnjumanda Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Muqimiy nomidagi Qoʼqon Davlat Pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qarshi Davlat Universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Fargʼona davlat universiteti, Аndijon davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti, Termiz davlat universiteti, Oʼzbekiston milliy universiteti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetlari talabalari va magistrantlari, oʼqituvchilar hamda astronomiya faniga qiziquvchilar qatnashdi. 

Аnjuman davomida OʼzR FА Аstronomiya institutining yetakchi mutaxassis olimlari va yosh tadqiqotchilar talabalarga astronomiya, nazariy va amaliy astrofizika boʼyicha maʼruzalar oʼqishdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar Maydanak va Samarqand observatoriyalari, u yerdagi kuzatuvchilar bilan onlayn tarzda tanishish imkoniga ega boʼlishdi.

  

Shuni aytib oʼtish joizki, anjumanda chet elda oʼz ilmiy faoliyatini muvaffaqiyatli olib borayotgan yurtdoshlarimiz maʼruzalari ham tinglandi.

Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollariga yetakchi soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!