Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yangi probiotik Laktopropolis-AWL preparatini ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi


Oshqozon-ichak traktining mikroflorasi, inson salomatligida muhim rol oʼynaydi: u ovqat hazm boʼlishiga yordam beradi, immunitet tizimini faollashtiradi, mikrofloraning muvozanatini saqlaydi hamda inson va hayvonlar sogʼligʼining boshqa koʼrsatkichlariga foydali taʼsir koʼrsatadi. Zamonaviy tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, ichakdagi mikroorganizmlarning nomutanosibligi organizmda vazn ortishi, qondagi qand miqdori, xolesterin, depressiya va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin. Maʼlum boʼlishicha, COVID -19 kasalligining ogʼir kechishi, ichak mikroflorasi bilan ham bogʼliq.

Mikroflorani normal saqlash yoki tiklashning yeng samarali usullaridan biri bu probiotik preparatlarni qabul qilishdir, ular inson organizmi uchun foydali mikroorganizmlardan iborat. Foydali mikroorganizmlar ovqat hazm qilishda ishtirok yetadigan fermentlarni sintez qiladi, glyukoza, vitaminlar, mikroblarga qarshi moddalar va organizmning hayot faoliyati uchun zarur boʼlgan boshqa birikmalarni parchalaydi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida probiotik mikroorganizmlar asosida biologik faol Laktopropolis-AWL qoʼshimchasi yaratildi. Bu biologik faol qoʼshimchaning dunyoda oʼxshashi yoʼq, chunki u oshqozon yarasi Helikobakter pilori qoʼzgʼatuvchisini faol ravishda bostiradigan mikroblarga qarshi oqsil birikmalarini sintez qiluvchi va shu orqali infeksiyani davolash samaradorligini oshiruvchi probiotik mikroorganizmlarning mahalliy noyob shtammlaridan iborat. Mikroorganizmlarning xususiyatlari uzoq vaqtdan beri samarali biologik birikma sifatida tanilgan propolisning biologik faol fraktsiyalari qoʼshilishi bilan kuchaytiriladi.

 

Preparatni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Islom taraqqiyot bankining Transformatorlar jamgʼarmasidan grant olindi. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan birgalikda xususiy mablagʼlar jalb qilindi va Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Innovatsion ishlanmalar va innovatsion gʼoyalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi, shuningdek, davlat byudjetidan tijoratlashtirishga yetkazish uchun ajratilgan mablagʼlar hisobidan "AllWellLab" eksperimental ishlab chiqarish maydonchasi yaratildi.

 

Ilmiy tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, ushbu noyob birikma preparatning qoʼshimcha foydali xususiyatlarini beradi: u H.pilori kolonizatsiyasini pasaytiradi, oshqozon yalligʼlanishini susaytiradi, yalligʼlangan toʼqimani qayta tiklash xususiyatga ega (u oshqozon yarasining davolanish vaqtini import mahsulotlarga nisbatan 2 baravar qisqartiradi), shuningdek immunitet tizimining samarali faoliyatiga yordam beradi.

Ushbu biologik faol qoʼshimchadan foydalanish, meʼda yarasini kuchayishining mavsumiy qaytalanishini samarali davolash va oldini olishga yordam beradi.

Hozirgi kunda 4000 qadoq tayyor mahsulot ishlab chiqarildi, ular dorixonalar tarmogʼiga yetkazib berildi va Oʼzbekiston bozorida muvaffaqiyatli sotilmoqda.

Ilmiy izlanishlar doirasida keyingi ishlab chiqarish uchun 3 ta nomli: antidiabetik, antioksidant va B guruh vitaminlarini sintezlovchi xususiyatlarga ega probiotik preparatlar tayyorlanmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!