Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yangi Аndijon” shahri hududida seysmologik tadqiqotlar davom etmoqda


Аvval xabar qilganimizdek, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xodimlari “Yangi Аndijon” shahri hududidini seysmik mikrorayonlashtirish xaritasini yaratish uchun seysmologik, seysmotektonik va muhandis-seysmologik tadqiqotlarini olib bormoqdalar.

Shu munosabat bilan Аndijon viloyati hokimiyati tassarufidagi “Yangi Аndijon” Direksiya DUK binosi majlislar zalida “Yangi Аndijon” hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va ilmiy tadqiqot ishlari boʼyicha tayyorlangan hisobotlarini taqdimoti boʼlib oʼtdi.

 

Taqdimot davomida OʼzR FА Seysmologiya instituti ilmiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari, g.-m.f.d., prof. V.А.Ismailov tadqiqot hududida olib borilgan ishlar toʼgʼrisida maʼruza qildi.

Ushbu ilmiy tadqiqotda Seysmologiya institutining yetuk olimlari tomonidan 2021-yil 4-dekabrdan 2022-yil 28-fevralgacha vaqt davomida 221 punktda seysmorazvedka, 70 ta punktda elektrorazvedka, 150 ta punktda mikroseysmik dala tadqiqotlari olib borilganligi, shuningdek, tadqiqot hududida 8 tayanch punktda seysmik stantsiyalar oʼrnatildi hamda tadqiqot hududida va uning atrofida taʼsir kuchi yuqori boʼlmagan 250 ga yaqin zilzilalar qayd etilganligi, dala tadqiqotlarini olib borish jarayoni bilan parallel ravishda maʼlumotlarni qayta ishlash ishlari ham olib borilganligi aytib oʼtildi. Olib borilgan dala tadqiqotlari va fond maʼlumotlari tahlili asosida ilmiy asoslangan seysmik mikrorayonlashtirish xaritasida “Yangi Аndijon” hududidagi 8 va 9 balli seysmik taʼsir zonalar baholanganligi keltirildi. Hududda olib boriladigan qurilish va loyihalash ishlarida ushbu xarita asos boʼlishi haqida tushunchalar berildi.

Taqdimot davomida ommaviy axborot vositalari vakillari oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan javoblar oldilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!