Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” nashr etildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil  20-oktyabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada  rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va unga ilova qilingan “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini  rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-sonli  “O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar  samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori  hamda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga  moʻljallangan harakat dasturini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar  doirasida OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” nashr etildi.

Lugʻat sotsiolingvistik tadqiqotlarda faol qoʻllanib kelayotgan 900 ga  yaqin atamani qamrab olgan. Lugʻatga kirgan atamalar tilshunoslikka oid  lugʻatlar, tadqiqotlar hamda internet nashrlaridagi ishonchli manbalarga  tayangan holda tuzilgan. 

“Sotsiolingvistika atamalarining izohli lugʻati” tilshunoslar, doktorant  va mustaqil tadqiqotchilar, pedagog-o‘qituvchilar, filologiya fakultetining  bakalavriat va magistratura talabalari, umuman, sotsiolingvistika bilan  qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!