Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-sonli “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va unga ilova qilingan “2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-sonli “O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar doirasida OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” nashr etildi.

Lugʻat sotsiolingvistik tadqiqotlarda faol qoʻllanib kelayotgan 900 ga yaqin atamani qamrab olgan. Lugʻatga kirgan atamalar tilshunoslikka oid lugʻatlar, tadqiqotlar hamda internet nashrlaridagi ishonchli manbalarga tayangan holda tuzilgan.
“Sotsiolingvistika atamalarining izohli lugʻati” tilshunoslar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, pedagog-o‘qituvchilar, filologiya fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari, umuman, sotsiolingvistika bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.