Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova Jahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi diplomini qabul qildi


2025-yil 29-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS)ning navbatdagi Bosh konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Bu yilgi konferensiya kun tartibida sogʻliqni saqlash, iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish va innovatsiyalar kabi dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda.

Joriy yil boshida Jahon Fanlar Akademiyasi akademigi etib saylangan (https://twas.org/directory/turdikulova-shahlo) Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulovaga mazkur konferensiyada  tantanali ravishda rasmiy diplom topshirildi.

 

Ma'lumot o'rnida: TWAS — 1983-yili tashkil etilgan nufuzli xalqaro akademiya boʻlib, dunyo boʻylab eng yirik va taniqli olimlarni birlashtiradi. Akademiyada 100 dan ortiq mamlakatdan 1 400 dan ziyod yetakchi olimlar boʻlib, tarkibida Nobel mukofoti sohiblari hamda turli sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan yetakchi olimlar faoliyat yuritadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!