Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seminar-trening


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-390-sonli qarorida belgilangan vazifalar asosida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida fan yoʻnalishlari boʻyicha mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar oʻtkazish boʻyicha 2026-yilga moʻljallangan oliy taʼlim tashkilotlari kesimida reja-jadval ishlab chiqildi.

Ushbu mahorat darslari va seminar-treninglar Oliy ta’lim tashkilotlarida Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan akademiklar hamda sohaning etakchi olimlari tomonidan olib boriladi.

Mahorat darslari va seminar-treninglar masofaviy tеxnologiyalarni qoʻllagan holda onlayn tashkil etiladi va barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Tasdiqlangan mahorat darslari va seminar-treninglarni ko'rish (pdf-1,9 mb)


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!