Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Qoraqalpog‘istonda arxeologiya fanining yutuqlari” respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida tarix fanlari doktori, professor Yagodin Vadim Nikolayevich tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Qoraqalpog‘istonda arxeologiya fanining yutuqlari” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda respublikamizdagi yetakchi arxeolog olimlar, akademiklar, yosh tadqiqotchilar, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, talabalar, shuningdek, Rossiya hamda Qozog’istondan ham soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Konferensiyaning maqsadi O‘rta Osiyoda so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda yangi arxeologik kashfiyotlar natijalari bilan tanishish, turli mamlakatlar arxeologlari va tarix fanining yo'nalishlari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, oliy o’quv yurtlari talabalari orasida tarix fanini ommalashtirish, talabalar, magistrantlar va yosh olimlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rag‘batlantirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishdan iborat.

Konferensiya ishida so'nggi yillardagi yangi arxeologik kashfiyotlar, antik va oʻrta asrlarda oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi aholi va koʻchmanchilar oʻrtasidagi madaniy munosabatlar, Oʻrta Osiyoning qadimiy va oʻrta asr shahar madaniyati, antik va oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoning kulolchilik mahsulotlari, O‘rta Osiyo aholisining antik va o‘rta asrlarda dafn marosimlari haqida bir-biridan qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi hamda muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!