O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti tomonidan “Yangi O‘zbekiston: aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashdagi tarixiy islohotlar davri” nomli kitobi o‘zbek va ingliz tillarida nashr etildi.

Mazkur kitob yer qaʼridagi seysmik jarayonlar, zilzilalarning kelib chiqish sabablari va ularning oqibatlarini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda seysmik toʻlqinlar tabiati, ularning turlari, zilzila energiyasining tarqalishi, epitsentr va gipotsentr tushunchalari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy seysmologik asboblar va usullar yordamida zilzilalarni qayd etish, tahlil qilish va prognozlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Kitobda nazariy maʼlumotlar bilan birga amaliy misollar, xaritalar va seysmik maʼlumotlarni qayta ishlash usullari keltirilgan boʻlib, u talabalar, geofizika va geologiya yoʻnalishidagi mutaxassislar hamda tabiiy ofatlar xavfini oʻrganuvchi olimlar uchun foydali qoʻllanma hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida: 2025-yil 29-aprelda BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi Oʻzbekiston tashabbusi bilan 29-aprelni – Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni, deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qilgan. Dunyoning barcha mintaqalaridan 80 dan ortiq davlat ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.