馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston tosh davriga oid yangilik


2020-yilning oktyabr oyida O始zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlari 袗.Muhammadiyev, R.Z.Ibragimov, G始.袗.Muxtarov, Sh.Ro始zmatov boshchiligida 袗ngren shahar muzeyi xodimlari bilan birga Chotqol va Qurama tog始 tizmalari yonbag始irlarida ilmiy izlanishlar olib borildi.

Tadqiqotlar natijasida bir qator yangi arxeologik yodgorliklar aniqlandi. Jumladan, 袗ngren vohasi Yangiobodsoy va Qorabog始soy irmoqlari yuqori oqimi hududlarida 2 ta tosh davri ustaxonasi, 2 ta manzilgoh, qabr-qo始rg始onlar kompleksi va qoyatosh suratlari aniqlandi.

Tosh davri ustaxonalaridan chiqqan topilmalar ushbu yodgorliklarning davriy chegarasi o始rta paleolitdan boshlanib to so始nggi paleolitning oxirlarigacha davom etganini ko始rsatdi.

 

袗niqlangan manzilgohlardan biri ustaxona yaqinida bo始lib, so始nggi paleolit davriga tegishlidir. Ikkinchi manzilgoh tosh davrining so始nggi paleolit davri oxirida bo始lgan ko始rinadi. Topilgan yodgorliklarning davriy sanasi yer yuzasidagi topilmalar asosida chiqarilgan bo始lib, keyingi izlanishlar masalaga aniqlik kiritishi mumkin.

Topilmalar ichida O始zbekiston paleolitida oldin uchramagan noyoblari ham bor. Xususan, toshdan yasalgan tumor birgina O始zbekiston uchun emas, balki jahon paleolitshunosligida ham noyob hisoblanadi.

袗niqlangan qoyatosh suratlari va qabr-qo始rg始onlar ushbu hududlarni turli tarixiy davrlarda insonlar tomonidan faol o始zlashtirilganini ko始rsatadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!