Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Navoiyda lavanda plantatsiyasi bo'yicha loyiha


Fanlar akademiyasi Navoiy bo'limi olimlari Fargona viloyatida joylashgan Mehrigiyo xususiy korxonasi bilan muzokaralar o'tkazdi. Natijada hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.
Navoiyda lavanda plantasiyasini yaratishdan tashqari, Mehrigiyo XK xodimlari navoiylik olimlarga sut qushqo'nmas va chufa yer bodom nomli o'simliklar yetishtirish ham ko'zda tutilgan. 

Bundan tashqari, XKda nafaqat ekzotik dorivorlar, balki kivi, banan, goji, papayya, zaytun daraxti kabi va boshqa tropik va subtropik osimliklarni yetishtirishni ham o'zlashtirganlar. Mehrigiyo XK vakillari kivi, goji va lavanda ko'chatlari Navoiy viloyati sharoitida yetishtirishga va ko'paytirishga oid tajribalar o'tkazish uchun eksperimental maydonlarda ekishga zarur bolgan miqdorda Navoiy bo'limiga kuzda yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanliklarini bildirdilar.
Navoiy bo'limi olimlari zarur sharoitni tayyorlash maqsadida ushbu o'simliklarni o'stirish agrotexnologiyasini batafsil o'rgana boshladilar.
Kelgusida Navoiy bo'limi Mehrigiyo XK bilan quyidagi uch yo'nalish boyicha hamkorlikni kengaytirish rejalashtirmoqda:

- Navoiy shahri chegarasida eko-bog' yaratish;

- fitobarlar uchun xom-ashyo yetkazib berish tarmog'ini tashkil etish;

-qishloq aholisini o'z tomorqalarida hamda lalmikor yerlarda dorivor o'simliklarini yetishtirishga chorlash (Goji o'simligini yetishtirish rejalashtirilgan). 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!