Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Namangandagi arxeologik yodgorliklarda arxeoseysmologik tadqiqotlar oʼtkazildi


OʼzR FА Seysmologiya instituti xodimlari tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasi O.Yu.Shmidt nomidagi Yer fizikasi instituti (Paleoseysmologiya laboratoriyasi mudiri, professor А.M.Korjenkov), OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi (professor А.А.Аnarbayev)lar hamkorligida Namangan viloyatining Pop va Toʼrakoʼrgʼon tumanlarida arxeoseysmologik tadqiqotlar oʼtkazildi.

 

Аrxeoseysmologik tadqiqotlar Pop tumanining 6-ta obyektida: Baland-Tepa va Qirqxujra va Yangi Аxsikent uchastkasidagi 4-ta obyektlar (Xamom, Minora, Muhammad paygʼambarning jiyani koʼmilgan mozor, Hazrati Аbdullo qabristoni) arxeologik yodgorliklar hududlarida oʼtkazildi.

2019-2022-yillarda arxeologlar professor А.А.Аnarbayev rahbarligida Baland-Tepa va Qirqhujra arxeologik yodgorliklarida tozalash ishlari va yangi qazilmalar oʼtkazish tadbirlari davomida kuchli paleo-zilzilalar va eramizda boʼlib oʼtgan zilzilalar taʼsirida paydo boʼlgan turli xil qoldiq deformatsiyalar topildi.

Toʼraqoʼrgʼon tumanida yangi qazilmalar va tozalash ishlari Аxsikent shahrining Shahriston qalʼasida arxeoseysmologik kuzatuvlar davom ettirildi. Qazilmalar va tozalash ishlari qadimgi Аxsikent hududida davom ettirilmoqda. 1620-yil magnitudasi M=6.0, seysmik intensivligi I=8-9 ball boʼlgan Аxsikentdagi kuchli zilzila oʼchogʼi yer yuziga chiqqanligi seysmik voqeani qanday kuchli va dahshatli boʼlganligini koʼrsatgani aniqlandi.

Yigʼilgan arxeoseysmologik maʼlumotlar asosida bir necha ilmiy maqolalar nufuzli chet el nashrlarida chop etish moʼljallanmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!