Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy ishlanmadan mahsulotgacha: “Ishonch” mosh navi – viloyatlarga keng joriy etilmoqda!


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Dukkakli va moyli ekinlar genetikasi laboratoriyasi olimlari tomonidan yaratilgan “Ishonch” mosh naviga patent olindi hamda hozirda Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi dala maydonlariga ekildi.

  

  • Ushbu nav:
  • Yuqori hosildor;
  •  kasalliklarga nisbiy chidamli;
  • Mahalliy agroiqlimga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.

 “Ishonch” navining hududlarda keng joriy qilinishi:

  •  Fermer xo‘jaliklari daromadini oshirish; 
  • oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
  • seleksiya yutuqlarini amaliyotga tadbiq etishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Ushbu navning urug‘chiligi Institutning Do‘rmon, Zangiota va Farg‘ona filiallarida yo‘lga qo‘yilgan va tijoratlashtirilmoqda.

“Ishonch” navining yaratilishi institutning Dukkakli va moyli ekinlar genetikasi laboratoriyasi olimlari tomonidan ilmiy asoslangan, chuqur izlanishlar natijasidir.

Mahalliy nav – milliy faxr!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!