Ilmiy ishlanmadan mahsulotgacha: “Ishonch” mosh navi – viloyatlarga keng joriy etilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Dukkakli va moyli ekinlar genetikasi laboratoriyasi olimlari tomonidan yaratilgan “Ishonch” mosh naviga patent olindi hamda hozirda Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi dala maydonlariga ekildi.

  

 “Ishonch” navining hududlarda keng joriy qilinishi:

Ushbu navning urug‘chiligi Institutning Do‘rmon, Zangiota va Farg‘ona filiallarida yo‘lga qo‘yilgan va tijoratlashtirilmoqda.

“Ishonch” navining yaratilishi institutning Dukkakli va moyli ekinlar genetikasi laboratoriyasi olimlari tomonidan ilmiy asoslangan, chuqur izlanishlar natijasidir.

Mahalliy nav – milliy faxr!