Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Energiya muammosiga ilmiy yechim: mahalliy xom-ashyodan vanadiy okim akkumulyator


 Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining Amaliy nanotexnologiyalar laboratoriyasida mahalliy xom-ashyo asosida ekologik xavfsiz va uzoq muddat xizmat qiladigan vanadiyli oquvchan akkumulyator texnologiyasi ishlab chiqildi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya (quyosh, shamol, GES) doimiy emas. Shuning uchun katta hajmli energiya saqlash dolzarb masala. Bu yoʻnalishda eng istiqbolli yechim - vanadiy oqim akkumulyatorlari (BOA).
 Tadqiqot natijalari:

  •  Qayta ishlangan mahalliy V2O5 dan arzon va samarali elektrolit tayyorlandi.
  •  Qayta ishlangan V2O5 tozaligi 99,6 % ekani tasdiqlandi.
  •  Laboratoriya sharoitida bir yacheykali akkumulyator modeli sinovdan oʻtkazildi.

Tajriba sinovlar jarayonida 300 sikl davomida, energiya samaradorligi - 90 %, sigʻimi - 28 mAh/g, natija bilan barqaror ishlashi aniqlandi.

Yaratilgan texnologiya vanadiy oqim akkumulyatorlarini arzonlashtirish, energiya saqlash tizimlarini mahalliylashtirish va yashil energetikani rivojlantirish uchun muhim qadam hisoblanadi.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!