Energiya muammosiga ilmiy yechim: mahalliy xom-ashyodan vanadiy okim akkumulyator

 Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining Amaliy nanotexnologiyalar laboratoriyasida mahalliy xom-ashyo asosida ekologik xavfsiz va uzoq muddat xizmat qiladigan vanadiyli oquvchan akkumulyator texnologiyasi ishlab chiqildi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya (quyosh, shamol, GES) doimiy emas. Shuning uchun katta hajmli energiya saqlash dolzarb masala. Bu yoʻnalishda eng istiqbolli yechim - vanadiy oqim akkumulyatorlari (BOA).
 Tadqiqot natijalari:

Tajriba sinovlar jarayonida 300 sikl davomida, energiya samaradorligi - 90 %, sigʻimi - 28 mAh/g, natija bilan barqaror ishlashi aniqlandi.

Yaratilgan texnologiya vanadiy oqim akkumulyatorlarini arzonlashtirish, energiya saqlash tizimlarini mahalliylashtirish va yashil energetikani rivojlantirish uchun muhim qadam hisoblanadi.