OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
VAKANSIYA EʼLONI
(ochiq tanlov asosida)
|
T/r |
Boʻsh ish oʻrinlari |
Maʼlumotga talablar |
Bilishi kerak |
Lavozim vazifalari |
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar |
|
1. |
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorati bosh mutaxassis |
Oliy (magistrlik darajadagi) maʼlumot (yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit); mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yillik ish tajribasi; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus oʻquv kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligini bilish; xolislik, halollik va yuqori masʼuliyat; tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati; Davlat tilini mukammal bilish (rus tilini bilishga ustuvorlik beriladi); Kompyuter savodxonligi va elektron hujjatlar bilan ishlash koʻnikmalari |
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlarini, Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligi; mehnat, maʼmuriy va jinoyat qonunchiligi; davlat organlarida ichki nazorat tizimi; xizmat odobi qoidalari; tahlil qilish va hisobot tayyorlash koʻnikmalari |
Fanlar akademiyasi tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini joriy etish va muvofiqlashtirish; korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, tahlil qilish va baholash; korrupsiya xavflarini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish; ichki hujjatlar va boshqaruv qarorlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish; xodimlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni oshirish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish; belgilangan tartibda tahliliy maʼlumotlar va hisobotlar tayyorlash |
Ariza (erkin shaklda); Obyektivka (rezyume, CV); Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi; Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud boʻlsa); korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus oʻquv kurslaridan oʻtganlik toʻgʻrisida sertifikat nusxasi |
|
2. |
Xalqaro hamkorlik va reytinglar boʻlimi yetakchi mutaxassis |
Xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, siyosatshunoslik, filologiya yoki turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumot; magistr darajasiga ega boʻlish ustunlik beradi; xalqaro hamkorlik, tashqi aloqalar yoki reytinglar sohasida kamida 3 yil ish tajribasi; Ingliz tilini C1 darajada bilish (IELTS/CEFR sertifikati ustunlik beradi); ikkinchi xorijiy tilni bilish (rus, nemis, fransuz va h.k.) maqsadga muvofiq; tahliliy fikrlash, strategik rejalashtirish va rasmiy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasi. |
Xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy markazlar va universitetlar bilan hamkorlik mexanizmlari; Ilmiy muassasalar xalqaro reyting tizimlari (QS, THE va boshqalar) metodologiyasi, indikatorlari va baholash mezonlari; davlat organlari va xalqaro institutlar bilan rasmiy yozishmalar olib borish tartibi; xalqaro grantlar, loyihalar va memorandumlar tayyorlash qoidalari; ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bilan ishlash, statistik tahlil qilish usullari; MS Office (Word, Excel, PowerPoint), Google Workspace, elektron maʼlumotlar bazalari va onlayn platforma bilan ishlash; Davlat tili, ingliz tili va rus tilida ish yuritish. |
Akademiya tizimida xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; Xorijiy ilmiy muassasalar, xalqaro tashkilotlar va elchixonalar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish; Akademiyaning xalqaro reytinglarda ishtirokini tashkil etish, maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va taqdim etish; xalqaro grantlar va loyihalar boʻyicha hujjatlar tayyorlash, shartnomalar va memorandumlar loyihalarini ishlab chiqish; xalqaro konferensiya, forum, seminar va uchrashuvlarni tashkil etish va bayonnomalarni yuritish; tahliliy maʼlumotnomalar, hisobotlar, taqdimotlar va rasmiy axborot materiallarini tayyorlash; rahbariyat topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish. |
Ariza (erkin shaklda); Obyektivka (rezyume, CV); Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi; Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud boʻlsa); Ilmiy ishlar yoki nashrlar roʻyxati (mavjud boʻlsa). |
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Nomzodlar quyidagi elektron pochta orqali oʻz maʼlumotlarini yuborishlari mumkin:
staff2@academy.uz, staff1@academy.uz, staff@academy.u