“O‘zbek tili bayrami” arafasida filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovning turli kitob hamda maqolalaridan saralab olingan til va tilshunoslikka doir eng muhim mulohazalari, adabiy matn mazmuni va uning estetik zavqi borasida bildirilgan teran fikrlari jamlanlangan “Zarif so‘z ziyorati” (Toshkent, 2025) kitobi nashrdan chiqdi.

Tuzuvchilar: Ma’rufjon Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor; Dilrabo Andaniyozova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
“Zarif so‘z ziyorati” tuzuvchilarning “Nazarkarda olim” kirish maqolasi va O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning “So‘zga so‘z berib” so‘zboshisi bilan boshlanadi.
Kitob Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan bo‘lib, keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.