Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yulduzlar va galaktikalar sirlarini o‘rganishga qiziqasizmi? Unda bu post aynan siz uchun!


 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti tomonidan respublikamizning 5 ta oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-o‘quv observatoriyalari tashkil etilgan. Bular – Samarqand va Andijon davlat universitetlari uchun shu shaharlar chetida, O‘zbekiston Milliy universiteti uchun Parkentdagi Fizika-Quyosh majmuasida, Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti uchun Toshkentdagi Astronomiya bog‘ida va Nukus davlat pedagogika instituti uchun Nukus shahrida teleskoplar o‘rnatilgan.

Barcha observatoriyalar yagona tarmoqqa birlashtirilgan va axborot resurslari: teleskoplarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, o‘quv va ilmiy kuzatuvlarni o‘tkazish usullari, kuzatuv astronomiyasi va astrofizika bo‘yicha praktikumlar va laboratoriya ishlari tavsifi bilan Internet portaliga kiritilgan (http://edu.astrin.uz/).

Ilmiy-o‘quv observatoriyasida amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy kuzatuvlar o‘tkazish mumkin, doktorantlar va yosh olimlar hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishlari, o‘qituvchilar esa o‘z malakaslarini oshirishlari mumkin.

Bu tashabbus nafaqat yosh astronomlar uchun yangi ufqlarni ochadi, balki ilm-fan, texnologiya va ta’lim sohalarini uzviy bog‘laydi. Astrofizika, sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik tadqiqotlar yo‘nalishida ilk qadamlar aynan mana shu rasadxonalar orqali boshlanadi!

Ilmga qiziqqan har bir yosh uchun bu imkoniyat – kelajak sari ochilgan eshikdir!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!