Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh tadqiqotchi tomonidan “Toshkent shahri bozorlari” mobil ilovasi yaratildi


Fanlar akademiyasi Tarix instituti tayachn doktoranti Shahodat Oxunjonova tomonidan “Toshkent bozorlaridagi oʼzgarishlar (1991-2020 yillar)” mavzusida tadqiqot olib borilmoqda. Ushu tadqiqot ishi doirasida “Toshkent shahri bozorlari” mobil ilovasi yaratildi. Ushbu mobil ilova Toshkent shahri bozorlari soni va ixtisoslashuvi haqida yaxlit tushuncha hosil qilish va bozorlarni masofaga nisbatan tanlash imkonini beradi.

Dastur sayyohlar, Toshkent shahri aholisi va mehmonlari, yaʼni ichki sayyohlik uchun ham moʼljallangan boʼlib, oʼzbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan. Bu dastur bozorga borishda manzilni aniq koʼrsatish imkoniyatini beradi. Barcha poytaxt mehmonlari uchun bozorlarni koʼrish va xarid ehtiyoji sezilganida koʼrsatilgan bozor turi boʼyicha yoʼnalishni tanlash imkoniyati mavjud. Ushbu dasturni quyidagi ilova orqali yuklab olish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dasturchi.bozorlar1

Mazkur mobil ilova tayanch doktorant tashabbusi bilan tadqiqot ishi doirasida amalga oshirilgan. Dasturni yaratish uchun fundamental yoki amaliy loyihaga OʼzR FА tomonidan hech qanday mablagʼ ajratilmagan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!