Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yana bir o’zbek matematigi TWAS a’zosi etib saylandi


O’zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, Birlashgan Аrab Аmirliklari Universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Muxamedov Farrux Maksutovich Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) ning rivojlanayotgan mamlakatlarda ilm-fanni rivojlantirish boʼyicha aʼzosi etib saylandi.

F.M. Muxamedov dunyodagi eng yirik nashriyotlardan biri boʼlgan ELSEVIER va STENDFORD universiteti tomonidan dunyoning 2021-yilda Top 2% olimlar qatoriga kiritilgan maʼlumotlar bazasida “dunyoda eng salohiyatli 100 mingta olimlar roʼyxati”ga kiritilgan.

 F.M. Muxamedov operatorlar algebralari, kvant statistik mexanikasining modellari, noarhimed analizi va kvant kvadratik operatorlari nazariyalarini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʼshib kelayotgan olimdir.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!