Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorazm viloyati florasining dastlabki 373 turdagi oʻsimliklar ro‘yxati shakllantirildi


2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti o‘rtasida “Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarining istiqbolli xom-ashyobop o‘simliklarning davlat ro‘yxati va kadastrini yaratish hamda ushbu viloyatlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning flora tur tarkibining inventarizatsiya qilish” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Mazkur xo‘jalik kelishuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Noyob o‘simlik turlari kadastri va monitoring laboratoriyasi tomonidan Xorazm viloyati hududida dala tadqiqotlari o‘tkazildi. Bunda 11 turdagi kvotali xom-ashyo oʻsimliklarini (qizilmiya, qamish, shoʻrlangan iloncho‘p va boshqalar) hisobga olish, zaxirasini aniqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Xorazm milliy tabiat bogʻi va Yangibozor davlat tabiat yodgorligi) florasini inventarizatsiya qilish ishlari olib borildi.

 

 

Ekspeditsiya jarayonida gerbariy va adabiyot ma’lumotlari tahlili asosida Xorazm viloyati florasining dastlabki 373 turdagi oʻsimliklar ro‘yxati shakllantirildi. Dala tadqiqotlari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan (2019-y.)  Eremosparton flaccidum o‘simligi populyatsiyasining zamonaviy holati baholandi.

Tadqiqotlar natijalari belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasiga taqdim etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!