Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xorazm Ma’mun akademiyasining buguni


Bugun O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev va vitse-prezident Sirojiddin Mirzayevlar Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurdilar. Avvalo, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo`limida amalga oshirilgan to`liq qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishgan Bexzod Yuldashev va Sirojiddin Mirzayevlar Ma’mun akademiyasi olimlari tomonidan 2022-yil davomida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, kashfiyotlar va ishlanmalar borasidagi hisobotlarni tingladilar. So`ngra, Ma’mun akademiyasining bo`lim hamda laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishdilar. Yosh ilmiy izlanuvchilar bilan muloqot bo`lib o`tdi. Unda Bexzod Yuldashev akademiyada amalga oshirilgan o`zgarishlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida so`z yuritib: “Bunday zamonaviy bino va laboratoriya jihozlari kamdan-kam ilmiy tadqiqot muassasalarida mavjud, ulardan unumli foydalaning va yana-da katta marralarni ko`zlang” – deya ta’kidladi. Uchrashuvdan so`ng akademiya ilmiy xodimlari va doktorantlarining ilmiy nashrlari, yutuqlari ko`rgazmasini ko’zdan kechirishdi. Ma’mun akademiyasi olimlarining bugungi yutuqlari, kashfiyotlari va izlanishlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!