Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xitoy bilan hamkorlik aloqalari


Namangan davlat universitetiga Xitoy Fanlar Akademiyasi Kunming hududiy boshqarmasi direktori Djo LI, Kunming Botanika instituti direktori professor Sun Xang va shu institut professori Deng Tao hamda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Komiljon Tojiboyevlar tashrif buyurishdi.

Pofessorlar tomonidan huddudda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, botanika sohasi amalga oshirilayotgan ilgʻor tajribalar va ularni amaliyotda qoʻllash, atrof muhitni muhofaza qilishda innovatsion yondoshuvlar hamda kelgusidagi xamkorlikning istiqbollari boʻyicha talabalarga mahorat darslarini olib borishdi. Shuningdek, universiteti Biotexnologiya fakulteti dekani D.Dehqonov tomonidan “Oʻzbekistonda tarqalgan noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklarni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi taqdimoti olimlar va talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.

Tashrif davomida mexmonlar Biologiya kafedrasi qoshidagi yangi tashkil etilgan “Professor Sh. Tojiboyev nomidagi Algologiya ilmiy laboratoriyasi”ga tashrif buyurishda va kelajakda mazkur laboratoriyani qoʻshma xalqaro laboratoriyaga aylantirish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Biologiya kafedra bitiruvchisi akademik K.Tojiboyev tomonidan talabalarga ingliz tilini oʻrganishga oid kitob va qoʻllanmalar sovgʻa qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Namangan davlat universiteti va Kunming Botanika instituti amaliy hamkorlik natijasida universitet bitiruvchilaridan 2 nafari falsafa fanlari boʻyicha fan doktori ilmiy darajasini olgan, 1 nafar tayanch doktorant ayni paytda  Kungming Botanika institutida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqda hamda Kungming Botanika instituti direktori professor Sun Xang NamDU faxriy professori va oʻz navbatida Biologiya kafedrasi professori Komiljon Tojiboyev Kungming Botanika institutining faxriy professori unvoniga ega.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!