Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalqaro nufuzli forum: The 2023 ZGC Forum "Open Cooperation for a Shared Future"


Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligi va Xitoy Fanlar akademiyasining taklifiga ko‘ra, O’zR FA Botanika instituti direktori akademik K.Sh. Tojibayev joriy yilning 28–31 may kunlari The 2023 ZGC Forum “Open Cooperation for a Shared Future” forumida ishtirok etdi.

 

 

 

Mazkur forum Xitoyda o‘tkazilayotgan eng nufuzli ilmiy anjumanlardan biri hisoblanib, unda ilm-fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar, ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Dunyoning turli mintaqalaridan taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, davlat arboblari va taniqli tadbirkorlar taklif etilgan forumda akademik K.Sh. Tojibayev olimlarining o‘zaro manfatli ilmiy aloqalariga bag‘ishlagan “Plant diversity in China and Central Asia: academic journals as a platform for developing cooperation” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, forum davomida Xitoy Fanlar akademiyasi va boshqa xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalar rahbarlari bilan uchrashuvlar davomida, olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy ish jarayonlari bilan tanishildi.

 

 

 

 

Forumda muhokama etilgan masalalar Fanlar akademiyasi Botanika institutining kelgusidagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!