Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Xalqaro konferensiya: astrofizika sohasidagi ilmiy yutuqlar muhokama qilinmoqda


Joriy yil 12-may kuni Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Аstronomiya instituti tomonidan relyativistik astrofizika va gravitatsiya boʼyicha xalqaro konferensiya tashkil etildi. Unda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan 90 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

 

Shuni taʼkidlash kerakki, soʼnggi besh-olti yil ichida mahalliy, mintaqaviy va xalqaro ilmiy jamoatchilik eʼtibori va yordami bilan Oʼzbekiston, Qozogʼiston va Qirgʼizistonda umumiy nisbiylik nazariyasi va relyativistik astrofizika sohasida samarali faoliyat yurituvchi raqobatdosh ilmiy guruhlar orasida avval mavjud boʼlmagan ilmiy hamkorlik shakllantirildi. Shu sababli, konferensiyaning asosiy maqsadlaridan biri Markaziy Osiyoda oxirgi besh yilda erishilgan ulkan yutuqlarni eʼlon qilish va Yevropa hamda Janubiy/Sharqiy/Markaziy Osiyo mamlakatlari olimlari ishtirokida astrofizika sohasida muhokamalar oʼtkazishdir.

Shuningdek, mazkur konferensiya Mintaqaviy (Markaziy Osiyo) yosh astrofiziklarni tarbiyalash, astrofizika sohasida xalqaro ilmiy jamoatchilik bilan birgalikda, xalqaro institutlar bilan aloqalarni va ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda olingan ilmiy natijalar bilan oʼrtoqlashish imkoniyatini yaratishda juda ahamiyatli.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!