1-sentabr - Mustaqillik kuniga bag‘ishlab, “Zakovat” tarixida ikkinchi bor Mustaqillik kubogi o‘tkazildi. Unda vazirlik va davlat idoralari xodimlaridan tuzilgan jamoalar g‘oliblik uchun kurashdi.
Murosasiz o‘tgan o‘yin yakunida kubok egasi 3 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan qo‘shimcha savollar orqali aniqlandi.
Jami 84 ta jamoa qatnashgan musobaqada quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
G‘olib jamoalar diplom, medallar, noutbuklar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!
Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!
Fanlar akademiyasi jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusida faoliyatlarida yangidan yangi zafarlar tilab qolamiz!