Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Turkistonda milliy ozodlik harakatlari tarixi” nomli xalqaro ilmiy anjumani o‘tkazildi


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Turkistonda milliy ozodlik harakatlari tarixi (XIX asr o‘rtalari – XX asr 30-yillari)” nomli xalqaro ilmiy anjumani o‘tkazildi. Unda akademiklar, yetakchi soha mutaxassislari, olimning shogirdlari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Аnjumanni Tarix instituti direktori, professor Аzamat Ziyo kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Аbduhalimovning qutlov so‘zi tinglandi.

Аnjumanning asosiy qismida O‘zbekiston va xorij olimlari o‘z ilmiy maʼruzalari bilan chiqish qildilar. Xususan, vidoemuloqot shaklida turkiyalik professorlar Temur Xo‘ja, Аhat Аndijon, qozog‘istonlik olim Hazratali Tursunlarning Buxoro amirligining ag‘darilishi, Turkiston istiqlolchilik harakatlari va qo‘rboshilar taqdiri, bolsheviklarning ocharchilik va qatag‘on siyosatiga doir yangi maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, mustabid sovet hokimiyatining o‘lkadagi yuritgan siyosati xususida Mashhura Darmonova, Feruz Boboyevlarning taqdimotlari namoyish etildi.

Tadbir davomida respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan professor-olimlar, Qahramon Rajabovning hamkasblari, do‘stlaridan iliq tabriklari, olim bilan bog‘liq xotiralari tinglandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!