Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tuproq unumdorligi va yuqori hosildorlik uchun yangi preparat


 Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Azos-Uz” biopreparati atmosferadan molekulyar azotni oʼzlashtiruvchi, faol fitogormonlar hosil qiluvchi Azospirillum avlodiga mansub boʼlgan bakteriyalar assotsiatsiyasi asosida yaratilgan.

Аzotfiksatorlar asosida yaratilgan ushbu biologik preparat qishloq xoʼjaligi oʼsimliklarining hosildorligini va shoʼrlangan sharoitda tuproqlarning unumdorligini oshirishga, oʼsimliklarni kasalliklarga chidamliligini kuchaytirishga yordam beradi. Biopreparat qiyin eruvchan fosfatlarni mineralizatsiyalash, bir qator V vitaminlar va oʼsimliklar rivojlanishini kuchaytiruvchi fitogormonlarni sintez qilish xususiyatiga egadir.

Qishloq xoʼjaligi ekinlariga ushbu biopreparat bilan ishlov berish natijasida hosildorlik 5-10 s/ga oshadi, kimyoviy azotli oʼgʼitlarga boʼlgan talab 50% ga kamayib ekologik toza mahsulot yetishtiriladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!