Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARNI QO'LLAB-QUVVATLASh MARKAZI OChILDI


"26-aprel xalqaro intellektual mulk kuni" ga bag'ishlangan tadbirda O'zbeksiton Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, k.f.d., prof. A.B. Ibragimov ham ishtirok etdi.

 

Mazkur tadbir davomida Intellektual mulk agentligi hamda Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Unga ko'ra, Intellektual mulk va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish: umumiy kelajak manfaatlari uchun innovatsiya va ijodkorlikni amalga oshirish uchun FA Umumiy va noorganik kimyo institutida TEXNOLOGIYA VA INNOVATSIYALARNI QO'LLAB QUVVATLASH MARKAZI ochildi.

Markazning asosiy maqsadi — ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlarining intellektual mulk sohasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatishdir. 
Bu markaz orqali yangi texnologiyalar va innovatsiyalarning joriy etilishi, ularning huquqiy muhofazasi hamda tijoratlashtirilishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Ushbu tashabbus mamlakatimizda innovatsion muhitni rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!