Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tarixni tadqiq etish yo’lida hamkorlik davom etmoqda


Tarix instituti direktori Azamat Ziyo Turkiyaning TIKA tashkilotini Oʻzbekistondagi rahbari Ali Rizo Tezjanni qabul qildi.

Ushbu uchrashuvda tarix fani oldida turgan turli masalalar muhokama qilindi. Chunonchi, Oʻzbekiston va Turkiyada arxeologik qazishmalarni tashkil etish boʻyicha rejalar va ularning istiqbollari koʻrib chiqildi. Bunda Oʻzbekiston va Turkiyadagi tarixiy maskanlar, xususan, turkiy xalqlar tarixini chambarchas bogʻlovchi ilmiy-arxeologik va dala tadqiqotlarini olib borish yuzasidan fikrlar almashinildi. Kelgusida hamkorlik qilish boʻyicha rejalar tuzildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda ikki mamlakat tarixchi olimlarini jalb qilgan holda tarix fanining oldida turgan dolzarb masalalar yechimiga bagʻishlangan xalqaro anjumanlarni doimiy tashkil etish, olingan natijalarni targ’ib etish uchun dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish belgilandi. Tarixchi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yozgi oʻqishlarni tashkil etish va ularni moliyalashtirishda TIKA mablagʻlarini jalb etish, yoshlarning til va manbashunoslik boʻyicha Turkiya universitetlarida tahsil olishlariga zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha kelishildi.

 

Bu kabi uchrashuvlar yaqin yillarda oʻz samarasini berishiga ishonamiz.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!