Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Tajriba almashish borasidagi yana bir muhim hamkorlik


  Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi va Belarusiyadagi shira bitlari populyatsiyalarining insektitsidlarga chidamliligini saqlashning molekulyar genetik mexanizmlari” mavzusidagi qo’shma loyiha doirasida Belorusiyaning Minsk shahridagi Belorus davlat universiteti Biologiya fakultetida bo’lishdi. Safar davomida o’zbekistondan olib borilgan biologik namunalarni DNK darajasida tur tarkibini aniqlash amaliyoti bajarildi. Loyiha doirasida hamkorlikda qilinishi lozim bo’lgan ishlar va kelgusida bajariladigan ishlar rejasi kelishib olindi. Shuningdek hamkorlikda hudud muammolari va ularning yechimi bilan bog’liq hamkorlikni yo’lga qo’yish kelishib olindi. Bundan tashqari fakultetning moddiy texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi. Mutaxassis olimlar bilan fikr almashinildi. Ilmiy hamkorlik doirasida fakultet dekani biologiya fanlari doktori, professor Demidchik Vadim Viktorovich bilan hamkorlik memorandum imzolandi. Tashrif davomida Belorus Fanlar akademiyasi faoliyati, Botanika bog’i va unda olib borilayotgan tadqiqot ishlar bilan yaqindan tanishildi. Bir so’z bilan aytgaanda tajriba va yangiliklar almashish borasidagi muhiim hamkorlik ishlariga yana bir qadam qo’yildi.

 

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!