Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Tabiiy fanlar rivojlanishining zamonaviy tamoyillari” respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda


Xorazm Maʼmun akademiyasi Tabiiy fanlar boʼlimida “Tabiiy fanlar rivojlanishining zamonaviy tamoyillari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani boʼlib oʼtmoqda.

 

14-15-oktyabr kunlariga rejalashtirilgan anjumanning dastlabki kuni yalpi maʼruzalar bilan boshlandi va shundan keyin anjuman qatnashchilari biologik fanlarning yutuqlari, muammolari va istiqbollari, dorivor oʼsimlikshunoslik sohasining istiqbollari, qishloq xoʼjaligini raqamlashtirish sharoitida agronomiyaning zamonaviy muammolari, ekologiya va tabiatdan foydalanishda resurs tejamkor texnologiyalar, tabiiy fanlarni oʼqitishda fan va taʼlim sifati va integratsiyasi kabi shoʼbalarda oʼz maʼruzalari bilan chiqishlar qildilar. Аnjumanda Xorazm Maʼmun akademiyasi ilmiy xodimlari, tayanch doktorantlari, Xorazm viloyati milliy tabiat bogʼi xodimlari ishtirok etdilar. Shuningdek ZOOM platformasi orqali respublikamizdagi koʼzga koʼringan ilmiy tadqiqot institutlari olimlari ham onlayn tarzda qatnashdilar. Olimlar va yosh tadqiqotchilar oʼz ilmiy izlanishlari va soʼnggi yillarda erishgan muhim natijalari toʼgʼrisida chiqishlar qilishdi va ilm fan sohasidagi soʼngi yangiliklar bilan oʼrtoqlashishdi. Аnjuman qizgʼin bahs-munozaralarga boy boʼldi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!