Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olima ayollari xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi


“11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi ayollar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi Hilton Toshkent City mehmonxonasida “SheScience 2026” Markaziy Osiyo olima ayollari xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

   

 

Forum Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbir mintaqada ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan ayol olimalarni birlashtirish, ularning salohiyatini oshirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Forum doirasida ayollarning ilm-fan va innovatsiya sohasidagi, mintaqaviy va global hamkorlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, tibbiyot, muhandislik, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya kabi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Forumda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 200 nafarga yaqin olima ayollar ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida “Mo‘tabar ayol – 2025” hamda “Olima ayol – 2025” milliy grant tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

     

 

Bundan tashqari, konferensiya doirasida “Ilmiy va innovatsion ekotizimlarni integratsiyalash orqali mintaqaviy rivojlanish uchun to‘siqlar va imkoniyatlar” panel sessiyasi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulova moderatorlik qildi.

Konferensiya doirasida Jahon fanlar akademiyasi (TWAS) ijrochi direktori Marselo Knobel, TWASning arab mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Sabah Almoʻmin, "BMT ayollar" tuzilmasining O‘zbekistondagi vakili Jeren Guven, Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekistondagi direktori Kanokpan Lao-Araya ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

   

 

“SheSCIENCE 2026” forumi Markaziy Osiyo mintaqasida ayol olimlarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida gender tengligini taʼminlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim platforma sifatida eʼtirof etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!