Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmologlar Bosh Assambleyasi Toshkent shahrida oʻtkaziladi (www.asc2026.uz)


2026-yilning 25-30-aprel kunlari Toshkent shahrida  nufuzli xalqaro ilmiy anjuman - Osiyo seysmologik komissiyasining 16-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir seysmologiya sohasidagi jahonning yetakchi olimlar va mutaxassislarni bir maydonga jamlaydi. Toshkent shahri seysmologiya tarixida muhim ahamiyatga ega. 1966-yil 26-aprelda sodir boʻlgan kuchli zilzila mintaqada seysmik tadqiqotlar va zilzila muhandisligining rivojlanishiga turtki boʻlgan. 2026-yil ushbu voqeaning 60 yilligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tashkil etilganining 60 yilligi bilan ahamiyatlidir.

Anjuman doirasida:
 nufuzli xalqaro ekspertlar ishtirokida maʼruzalar; 
 ogʻzaki va poster taqdimotlar; 
 seysmik xavflarni baholash va kamaytirish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar muhokamasi oʻtkaziladi. 

Shuningdek, 2025-yil 29-aprelda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 29-aprel  — Zilzila qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni deb eʼlon qilingani mazkur anjumanning global ahamiyatini yanada oshiradi. Toshkentda ushbu nufuzli Assambleyani oʻtkazish xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, seysmik xavflarni kamaytirish boʻyicha ilmiy yechimlarni ishlab chiqish va tajriba almashish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!