Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Seysmik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʼishlangan davra suhbati tashkil etildi


FА Gʼ.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida Oʼzbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentyabrda qabul qilingan "Oʼzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʼgʼrisida"gi OʼRQ-713-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʼishlangan davra suhbati oʼtkazildi. Unda FА Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti yetakchi olimlari, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʼmitasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbatida seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash va zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, ularda kuzatuv ishlarini olib borish boʼyicha Qonunda belgilangan talablar, Oʼzbekiston hududida seysmik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni Qonun doirasida amalga oshirish, shuningdek, Qonunda belgilangan davlat organlarining vakolatlari hamda ularning mazkur Qonun ijrosini taʼminlash borasidagi oʼzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi va oʼzaro fikr almashildi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!