Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

SARS-CoV-2 ni genetik tashxislashda ilg‘or texnologiyalar


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti O‘zbekiston Respublikasi Biotibbiyot texnologiyalari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda va mamlakatimizning “ROSSA” biotexnologiya kompaniyasi ko‘magida “SARS-CoV-2 va boshqa virusli kasalliklarni tashxislashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda respublikamizning barcha viloyatlaridan 100 ga yaqin mutaxassislar ishtirok etdi.

 

Seminardan ko‘zlangan maqsad Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati yetakchi olim va amaliyot xodimlarining eng yangi biotexnologik tadqiqotlari, PSR tashxislashning zamonaviy usullari va texnologiyalari sohalarida ilgʼor ilmiy-amaliy tajribalari bilan fikr almashishdan iborat.

Bundan tashqari, seminarda biotibbiyot texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari, ularni samarali mahalliylashtirish va respublikada tijoratlashtirish strategiyalari muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!