O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Rossiya Fanlar akademiyasi Ural filiali raisi, akademik Viktor Rudenko boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov kutib oldi.

Tashrif doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Ural filiali olimlari o‘rtasidagi hamkorlik salohiyati va istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolanishi kutilmoqda.