袗yrim saytlarda (https://ryb.ru/2022/02/24/1877289/amp «校蟹斜械泻褋泻懈械 邪褉褏械芯谢芯谐懈 23 褎械胁褉邪谢褟 胁褋泻褉褘谢懈 谐褉芯斜薪懈褑褍 孝懈屑褍褉邪» sarlavhali post e始lon qilingan bo始lib, unda dekabrda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining Samarqanddagi Go始ri 袗mir maqbarasida 袗mir Temur qabrini ochish bo始yicha qarori qabul qilinganligi va arxeologlar tomonidan maqbara ochilganligi ta始kidlangan. Ushbu xabar yolg始on -feyk xabar hisoblanib, Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qo始yilmagan. 袗rxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rabhari deb aytilgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1970-yilda vafot etgan bo始lib, birinchi O始zR Fanlar akademiyasi prezidenti hisoblanadi. Umuman olganda ushbu xabar 1941-yildagi ma始lumotlar asosida tayyorlangan.
Ma始umot tarzida qayd etish lozimki, Go始ri 袗mir maqbarasi 1941-yilning 16-22-iyun kunlari Hukumatning maxsus qarori bilan ochilgan bo始lib, ekspeditsiyaga professor T.N.Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab 袗mir Temur o始g始illari Mironshoh, Mirzo Shohruh, nevarasi Mirzo Ulug始bek, 1941-yilning 19-iyunida 袗mir Temur qabri ochilgan. Undan so始ng 袗mir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan. 袗ntropolog M.M.Gerasimov o始zi yaratgan usul bilan 袗mir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulug始bek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942-yilning oxirlariga kelib, 袗mir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o始rganib bo始lingach, qaytadan o始z joylariga dafn etilgan.
Hurmatli jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu kabi asoslantirilmagan yolg‘on xabar va ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz!