Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

QURULTOY DOIRАSIDАGI MUHIM HАMKORLIK 


Xitoy Xalq Respublikasining Szinanь shahrida oʼz ishini davom ettirayotgan Fanlar akademiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (MААN) Ilmiy kengashlarining II qurultoyi doirasida muhim voqealardan biri — ilmiy hamkorlik loyihalarini rasmiy imzolash marosimi boʼlib oʼtdi.

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Xitoy Fanlar akademiyasi oʼrtasida ikki yoʼnalishdagi qoʼshma loyihalar imzolandi:

“Oʼzbekistonning maxsus shifobaxsh resurslarini faol va samarali tarkibiy qismlarini yaratish va qoʼllash”;

“Oʼsimliklar rivojlanishiga koʼmaklashuvchi mikroorganizmlarning birgalikda oʼrganilishi va ishlab chiqilishi”.

 

Mazkur loyihalar Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasidagi ilmiy-texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi, biotexnologiya va farmatsevtika sohalarida innovatsion tadqiqotlar olib borilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi delegatsiyasi Shanьdun provintsiyasi Fanlar akademiyasi (Xitoy), Belarus Milliy fanlar akademiyasi va Qirgʼiziston Fanlar akademiyasi vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Qurultoy doirasida Oʼzbekiston delegatsiyasi aʼzolari xalqaro anjumanda ilmiy maʼruzalar bilan ishtirok etmoqda. Ular tomonidan taqdim etilgan maʼruzalarda ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalar va koʼp tomonlama hamkorlik masalalari keng yoritilmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!