Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Qo‘ng‘ir koʼmirni grаvitаtsion-flotаtsion usuldа boyitish texnologiyasi” nomli monografiya chop etildi


O‘zR FА Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan “Qo‘ng‘ir ko‘mirni grаvitаtsion-flotаtsion usuldа boyitish texnologiyasi” nomli monografiya chop etildi.

Mazkur monografiya qo‘ng‘ir ko‘mirni gravitatsion-flotatsion usulda boyitish texnologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda “O‘zbekko‘mir” АJ mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan texnologik yechimlar, qo‘ng‘ir ko‘mir kimyosi, uni qayta ishlash va samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy asosda yoritilgan. Аngren konlaridan olingan past sifatli ko‘mir namunalarida amalga oshirilgan tajribalar orqali mineral aralashmalarni ajratish, namlik va kullikni kamaytirish, shuningdek, yonish issiqligini 15–30% gacha oshirish imkoniyatlari aniqlangan.

Tadqiqotda gravitatsion va flotatsion usullarning afzalliklari hamda mualliflar ishlab chiqqan SFKM-2 kompozitsion flotoreagentining samaradorligi ko‘rsatilgan. Boyitilgan ko‘mirning ekologik talablarga javob berishi, chiqindilarning qurilish sanoatida qo‘llanishi va mahsulot tannarxining pasayishi texnologiyaning iqtisodiy hamda amaliy ahamiyatini belgilaydi. Ushbu yechim mamlakatda mavjud past sifatli ko‘mir zaxiralaridan samarali foydalanish va energetik mustaqillikni taʼminlashga xizmat qiladi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!