Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda polimer shaklli preparatlarning qo'llanilishi” nomli qo'llanma nashr etildi


O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan “Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda polimer shaklli preparatlarning qo'llanilishi” nomli monografiya nashr etildi.

Mazkur qo'llanmada Institutda ko'p yillar davomida qishloq xo'jaligi ekinlari uchun biologik faol va ekologik xavfsiz, mahalliy, polimer shaklli agropreparatlarni yaratish ustida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning qishloq xo'jaligi amaliyotida qo'llanilishi bo'yicha natijalar bayon etilgan. Qo'llanma qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan oliy xamda o'rta-maxsus o'kuv yurtlari talabalari, fermer xo'jaliklari mutaxassislari, Agroklasterlar va mazkur soxaga aloqador keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!