Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qishloq hududlarida ekstremal sharoitlarda qoʼllash uchun foto-issiqlik qurilma


OʼzR FА Fizika-texnika institutida qishloq hududlarida ekstremal sharoitlarda qoʼllash uchun foto-issiqlik qurilma ishlab chiqildi.

Kristalli kremniydan tayyorlangan fotoelektrik batareyalar asosidagi quvvati 300 Vt boʼlgan foto issiqlik qurilmasi (FIQ) respublikaning qishloq hududlarida yil davomida elektr energiyasi va issiq suv olish uchun moʼljallangan.

 

Qurilmani tayyorlashda qishloq xoʼjaliklarida yashovchi aholiga yoz va qish ob-havo sharoitlarida elektr va maishiy texnika vositalaridan foydalanishda qulaylik yaratish zarurligiga eʼtibor qaratilgan. Idishlarni yuvish, oila aʼzolarining yuvinishlari va dush qabul qilishlari uchun harorati 70°C gacha boʼlgan issiq suv olishda FIQ bilan "Аriston" tipidagi elektr suv isitgichlarini birgalikda ishlatish koʼzda tutilgan.

FIQ zamonaviy kontroller, GEL tipidagi akkumulyatorlar, invertor, zamonaviy tayanch konstruktsiya va issiq suvni saqlash uchun 300 litr hajmli idish bilan jihozlangan. Qurilma parametrlarining quyoshli tabiiy sharoitlarga bogʼliqligi oʼrganilgan va quvvati 600 Vt gacha boʼlgan ~ 220 V, – 12 V va –5,4 V kuchlanishga moʼljallangan iste’molchilar uchun loyihalash va ishlab chiqarish boʼyicha tavsiyalar berilgan.

Qurilma Fizika-texnika institutining geliopoligoni sharoitida sinovlardan muvafaqqiyatli oʼtkazildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!