Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Prezident davlat stipendiyasi sovrindori


 

BOXONOV ZAFAR SAYDIMAXMUDOVICH

1987 yil 3 dekabrda Namangan viloyati, Chust tumani Olmos qishlog`ida tug‘ilgan.

1994 yil Chust tumanidagi 21-umumiy o`rta ta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. 1999 yildan Chust tumanidagi 52-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o`qishni davom ettirgan. Maktab davrida matematika fanidan turli olimpiadalarda faxrli o’rinlarni qo`lga kiritgan. Maktabni 2005-yilda    muvafaqqiyatli tamomlab, shu yili Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti talabasi bo'lgan va 2009 yili imtiyozli diplomga tamomlagan.

2009 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga qabul qilingan hamda 2011 yilda universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

2011-2017 yillarda Namangan davlat universitetining matematika kafedrasida o‘qituvchi lavozimida, 2017-2019 yillarda katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bordi. Ushbu yillar mobaynida mamlakatimiz yoshlarining bilim olishida, na'munali guruh rahbari sifatida talabalarda mavjud muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish yuzasidan ibratli ishlarni amalga oshirgan faol va tashabbuskor xodim hisoblanadi. U universitetda  talabalarga “Matematik analiz”, “Funksional analiz”, “Analitik geometriya”, “Differensial geometriya”,  “Differensial tenglamalar”, “Chiziqli algebra” fanlaridan darslar o‘tgan.

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida stajyor-tadqiqotchi lavozimida faoliyat olib bordi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining 2-bosqich tayanch doktoranturasida matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha tahsil olmoqda. Professor Roziqov O‘tkir Abdullaevich rahbarligida zamonaviy matematikaning jadal sur'atda rivojlanayotgan “Diskret vaqtli dinamik sistemalar” sohasi bo‘yicha ilmiy ish bilan shug‘ullanmoqda. Respublika miqyosidagi va xalqaro ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.  Ilmiy faoliyati davomida  olgan natijalari 15 ga yaqin Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda ingliz tilida nashr etilgan. Boxonov Zafar Saydimaxmudovich joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g'olibi bo'ldi. G'alaba muborak bo'lsin!

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!