Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Polimerlar fanining zamonaviy muammolari" Respublika anjumani oʼtkazildi


OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida "Polimerlar fanining zamonaviy muammolari" onlayn Respublika anjumani oʼtkazildi.

 

Ushbu anjumanda FА ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar, Toshkent, Namangan, Fargʼona, Xorazm, Jizzax viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, polimerlar sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

  

Ushbu anjuman polimerlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va ulardan foydalanishdagi yangi yoʼnalishlar, polimerlar haqidagi fan sohasidagi yutuqlar, sohalarning ilmiy tadqiqotlarga boʼlgan ehtiyojlari bilan tanishish, shuningdek, soha vakillariga oʼzaro fikr va tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.

Ishonchimiz komilki, ushbu respublika anjumanining oʼtkazilishi fanning istiqbolli polimerlar sohasining yanada taraqqiy etishi yoʼlida Respublika olimlarining hamkorligini yanada mustahkamlaydi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!