馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Paleolit davri ustaxonalari va neolit davriga oid yangi makon topildi


O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi (M袗M) va “JURU ENERGY CONSULTING” MChJ o始rtasida tuzilgan shartnomaga binoan M袗M Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat universiteti mutaxassislaridan tarkib topgan guruh Qizilqum cho始lining janubiy-sharqida joylashgan Oyoqog始itma botig始i atrofida olib borayotgan tadqiqotlar davomida neolit davriga oid yangi neolit makonini topdi.

 

 

Oyoqog始itma-2 nomi bilan atalgan ushbu makonda 370 ta tosh buyumlar, mikrofauna, oxra va gulxan qoldiqlari aniqlandi. Shu bilan birga Qorasigir botig始i yaqinida paleolit davriga oid bir qator (7 ta punkt) yangi toshga ishlov berish ustaxonalari topildi. Ushbu ustaxonalardan kulrang va jigarrangli kremniylardan hamda slanetslardan ishlangan ko始plab ishlov berilgan tosh buyumlar aniqlanib, texnik-tipologik jihatdan o始rta paleolit davriga oid deb hisoblanmoqda.

Hozirda ekspeditsiya tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda va yana muhim natijalarni qo始lga kiritish rejalashtirilgan.

Ma始lumot o始rnida:

Qizilqum cho始li bundan 5-6 ming yillar muqaddam bepoyon vodiy bo始lib, insoniyat ajdodlari juda zich yashagan “ming ko始llar mamlakati” bo始lgan. Darhaqiqat, hududda o始nlab sersuv daryolar mavj urib oqqan, yuzlab yirik ko始llar va shunga mos fauna-flora mavjud bo始lgan. Neolit davriga oid dunyoga mashhur Kaltaminor madaniyati ushbu cho始l hududidan topib o始rganilgan. Jumladan, Oyoqog始itma botig始ining shimoliy chekkasidan Markaziy Osiyo neolitshunosligiga bebaho hissa bo始lib qo始shilgan shu nomli makon topib o始rganilgan. Oyoqog始itma makoni O始zbekiston-Polsha-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan jahon standartlari darajasida tadqiq qilingan. Bu tadqiqotlardan olingan natijalar kaltaminorliklarning nafaqat, ovchi va baliqchilar, balki tuya, qoramol va qo始y-echkilarni xonakilashtirgan mohir chorvadorlar bo始lganliklarini ilmiy jihatdan isbotlab berish barobarida, ushbu madaniyatning xronologik sanasini yana 900 ming yilga, ya始ni er.avv. 6300 ming yilliklargacha qadimiylashtirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!