Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fanini o‘qitishning interfaol uslublari” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi


Yosh avlodning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, fidoyilik, tashabbuskorlik kabi fazilatlarni shakllantirishda “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fanining o‘rni muhimdir. Shu boisdan, oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fanining interfaol uslublari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. 
Tarix fani ta’lim usullariga doir nashr qilingan o‘quv qo‘llanma va ishlanmalar talaygina. Lekin tavsiya etilayotgan  “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fanini o‘qitishning interfaol uslublari” nomli o‘quv qo‘llanma O'zR FA O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markazi olimlari tomonidan ilk marotaba tayyorlandi va unda: 

  • namunaviy fan dasturidagi mavzularga mos ravishda interfaol metodlar tatbiq qilinib, har bir mavzu uchun takrorlanmaydigan uslublar tizimli qo‘llanildi;
  • ilk marotaba bir darsning o‘zida bir nechta interfaol uslubdan o‘zaro mantiqiy bog‘langan dars ishlanmalari tavsiya qilindi;
  •  o‘quv qo‘llanmada mualliflar ishlab chiqqan yangi uslublar ilk bor tavsiya qilingani bilan boshqa o‘quv qo‘llanmalardan tubdan farq qiladi. 

Mazkur o‘quv qo‘llanma “O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fanlaridan dars beruvchi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda mazkur masalaga qiziquvchilar uchun yordamchi manba sifatida tavsiya etiladi. “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fanini o‘qitishning interfaol uslublari” o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashi hamda O‘zbekiston Milliy universitetining Tarix fakulteti tomonidan bakalavriatning tarix va arxivshunoslik yo‘nalishlari talabalari uchun “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” fan dasturi asosida tayyorlangan. 

Qo‘llanma tarkibiga o‘quv dasturidagi barcha 22 ta mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar (seminar darslari) uchun alohida ishlab chiqilgan loyihalar kiritilgan.
 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!