馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekistonda birinchi marta dissertatsiya taqdim qilmasdan fan doktorlik(DSc) ilmiy darajasi olish bo始yicha himoya bo始lib o始tdi


O始zR F袗 Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda O始zbekistonda birinchi marta dissertatsiya himoyasisiz fan doktorlik ilmiy darajasini olish bo始yicha 2 ta himoya bo始lib o始tdi.

Ilmiy kengash a始zolari tomonidan O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy darajalar berish tartibi to始g始risidagi nizomining 1-bob, 5-bandi talablariga muvofiq U.B.Xalilovning “Uglerod nanostrukturalarining molekulyar darajadagi selektiv sintezi” mavzusida Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi mutaxassiligi bo始yicha fan doktorlik (DSc) ilmiy darajasini dissertatsiya himoyasiz olish uchun tayyorlagan ishi ko始rib chiqildi va muhokama qilindi.

U.B.Xalilovning doktorlik ishi mavzusi bo始yicha jami 12 ta ilmiy maqolalarini impakt-faktori tegishli darajada va undan yuqori bo始lgan hamda Web of Science xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda chop qilgan. Chop qilingan jurnallarning eng yuqori impakt-faktori 20.95 (Account of Chemical Research, Web of Science tizimi bo始yicha)ni va eng kichik impakt-faktori esa 2.37 (Journal of Physics D: Applied Physics, Web of Science tizimi bo始yicha)ni tashkil qiladi. Ilmiy ishlar chop etilgan jurnallarning umumiy impakt-faktori 89.68 ga va o始rtacha impakt-faktori esa 7.47 ga teng. Talabgorning Skopus xalqaro bazasidagi Xirsh indeksi 12 ga teng va uning ilmiy ishlariga xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan (impakt faktori 2.32 – 54.30 bo始lgan jurnallarda) shu kungacha 380 marta havola qilingan.

Institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tomonidan U.B. Xalilov tayyorlagan doktorlik ishi taqdimoti yuqori baholandi hamda mavzu bo始yicha chop qilingan ilmiy maqolalari O始zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O袗K ning ilmiy darajalar berish tartibi to始g始risidagi nizomining 1-bob, 5-bandi talablariga to始liq mos keladi deb topilib, fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish loyiqligi haqidagi xulosa bir ovozdan ma`qullandi.

Shuningdek, Institut Ilmiy kengashi a始zolari tomonidan dissertatsiya himoyasisiz fan doktorlik (DSc) ilmiy darajasini olishga talabgor M.S.Yusupovning “Sovuq plazma bilan biomolekulalar o始zaro ta始sirining molekulyar mexanizmlari” mavzusida Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi mutaxassiligi bo始yicha f.-m.f.d. (DSc) ilmiy darajasini himoyasiz olish uchun tayyorlagan ishi ham ko始rib chiqildi va muhokama qilindi.

M.S.Yusupovning doktorlik ishi mavzusi bo始yicha jami 23 ta ilmiy maqolalarini impakt-faktori tegishli darajada va undan yuqori bo始lgan hamda Web of Science xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda chop qilgan. Chop qilingan jurnallarning eng yuqori impakt-faktori 7.79 (Redox Biology, Web of Science tizimi bo始yicha) ni va eng kichik impakt-faktori esa 1.74 (Biophysical Chemistry, Web of Science tizimi bo始yicha)ni tashkil qiladi. Ilmiy ishlar chop etilgan jurnallarning umumiy impakt-faktori 79.78 ga va o始rtacha impakt-faktori esa 3.47 ga teng. Talabgorning Skopus xalqaro bazasidagi Xirsh indeksi 13 ga teng va uning ilmiy ishlariga xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan (impakt faktori 1.79 – 54.30 bo始lgan jurnallarda) shu kungacha 511 marta havola qilingan.

Institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash tomonidan M.S.Yusupov doktorlik ishi taqdimoti yuqori baholandi hamda doktorlik ishi mavzusi bo始yicha chop qilingan ilmiy maqolalari O始zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O袗K ning ilmiy darajalar berish tartibi to始g始risidagi nizomining 1-bob, 5-bandi talablariga to始liq mos keladi deb topilib, Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi ixtisosligi bo始yicha fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish loyiqligi haqidagi xulosa bir ovozdan ma`qullandi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu himoya Fanlar akademiyasida chet elda faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuqori malakali vatandosh olimlarni respublikamizdagi yangilanish jarayonlariga jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasi bo`lib, U.Xalilov va M.Yusupovlar 10 yildan ortiq chet eldagi ilmiy safardan so`ng O`zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida ishlash istagini bildirishdi. Hozirda U.Xalilov Institutda yetakchi ilmiy xodim sifatida o`z faoliyatini boshladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!