Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston–Xitoy ilmiy hamkorligi yangi bosqichda


O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga Xitoy Milliy Tabiiy fanlar jamg‘armasi (NSFC) prezidenti o‘rinbosari Szian Sun boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

 

Mehmonlarni O‘zR FA prezidenti, akademik Shavkat Ayupov, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev hamda Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Ilhom Sodiqov kutib oldi.

Tashrifdan asosiy maqsad — ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish. 

Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:

  •  oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirilgan rivojlantirish;
  •  ta’lim va ilmiy faoliyat integratsiyasini kuchaytirish
  •  universitetlar va ilmiy muassasalar bilan qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
  •  yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va akademik almashinuvlarni kengaytirish;
  •  xalqaro ilmiy hamkorlik samaradorligini oshirish.

Ma’lumot uchun: NSFC 1986-yil 14-fevralda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyda fundamental tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi yetakchi tashkilot hisoblanadi. Jamg‘arma nafaqat ilmiy izlanishlarni, balki iste’dodlarni rivojlantirish, infratuzilmani mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!